"MyMaktab" mobil ilovasi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilayotgan onlayn xizmatlardan foydalanishni osonlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Ilova orqali quyidagi xizmatlardan foydalanish mumkin: 1. 1-sinfga qabul uchun ariza topshirish; 2. Maktabdan maktabga o'tish uchun ariza yuborish Foydalanuvchilar uchun qulayliklar: -Elektron ariza shaklini to‘ldirish va maktabni tanlash -Maktabga qabul, maktabdan maktabga o'quvchini ko'chirish bo‘yicha ariza holatlarini kuzatish Ilovaning asosiy maqsadi – hujjatlarni qabul qilish jarayonini raqamlashtirish va fuqarolarga qulaylik yaratishdir.